Elektr ta’minoti muhandisi
Salom, men Daler
Texnika va texnologiyada biz bilan yangi loyihalar yarating.
Men haqimda
Elektr ta’minoti yo‘nalishidagi mutaxassis. Muhandislik hisob-kitoblari va loyihalash dasturlari (AutoCAD, Compass-3D, MATLAB, Mathcad) bilan ishlash tajribasiga ega. Energetika ob’ektlarini loyihalash bo‘yicha tugallangan amaliy loyihaga ega bo‘lib, texnik hujjatlar bilan ishlash va tizimlarni optimallashtirish bo‘yicha ko‘nikmalarimni rivojlantirib boryapman.
Muhandislik vositalari
Sayt ichidagi amaliy dasturlar, simulyatorlar va hisob-kitob vositalari.
Energetika sistemasi
IES, AES va quyosh EES stansiyalari hamda iste’molchilar demo modeli.
Ochish →RES tizimi loyihasi
RES amaliyot portali prototipi: talaba kabineti va boshqaruv (admin) paneli.
Ochish →Aholi iste’moli
10 kV liniyadan transformator orqali 0,4 kV aholi tarmog‘igacha taqsimot animatsiyasi.
Ochish →EET kurs loyihasi
Elektr tarmoqlari kurs loyihasi va uni tekshiruvchi dastur.
Ochish →Iqtisodiy kalkulyator
Elektr energiyasi sarfi va xarajatini hisoblash kalkulyatori.
Ochish →Yuklama grafigi
Sutkalik elektr yuklamalari grafigi va eng katta/eng kichik yuklama vaqtlari.
Ochish →Elektr shit montaji
Uy shitini 3D da o‘zingiz yig‘ing: avtomat, УЗО, hisoblagich. Qisqa tutashuv va sizish tokida himoya qanday ishlashini kuzating.
Ochish →Avtomat o‘chirgich yig‘ish
Avtomatni detalma-detal 3D da yig‘ing: klemma, kontakt, yoy kamerasi, g‘altak, bimetall. Keyin ortiqcha yuk va qisqa tutashuvda o‘chishini sinang.
Ochish →Chastota o‘zgartirgich ulash
Chastota o‘zgartirgich, motor, tormoz rezistori, potensiometr va START/STOP tugmalarini o‘zingiz ulang. Keyin motorni yurgizing, chastotani o‘zgartiring va himoya xatolarini sinang.
Ochish →Reversiv yuritma: sensorli boshqaruv
Avtomat, ikki kontaktor, 24 V blok, oraliq relelar va PNP sensorlarni kabel kanallari orqali o‘zingiz ulang. Keyin aravachaning sensorlar orasida avtomatik borib-kelishini va blokirovka qanday ishlashini kuzating.
Ochish →Uy elektr shiti: hisoblagich va difavtomatlar
Hisoblagich, kirish avtomati, kuchlanish relesi, difavtomatlar, rozetkalar, kalit va lampani o‘zingiz ulang. Keyin choynak, duxovka va nosoz asboblar bilan himoyalar qanday o‘chishini sinang.
Ochish →Podstansiya simulyatori
Dispetcher buyrug‘ini qabul qiling, bir chiziqli sxemada kommutatsiyani to‘g‘ri tartibda bajaring, yerlang, plakat osing va jurnal yuriting. Blokirovkalar va xatolar oqibati real hayotdagidek.
Ochish →Fizika tarixi
Arximeddan Eynshteyngacha: xronologiya, buyuk olimlar va brauzerda takrorlanadigan 6 ta tarixiy tajriba.
Ochish →Elektr muhandisi: bir ish kuni
Zavodda bir kunlik ish: dvigatel nosozliklarini asboblar bilan aniqlang, xavfsiz ta‘mirlang, ta‘mir yoki almashtirishni iqtisodiy asoslang va energiya tejash taklifini bering. 25 ta topshiriq, tasodifiy sabablar.
Ochish →Releli himoya va avtomatikasi
Sxema va variantni tanlang, liniya uzunliklarini kiriting: QT toklari, liniya va transformator himoyalari, AQU/ZAU va ustavkalar kartasi hisoblanadi. Tayyor kurs ishini Word faylda yuklab oling.
Ochish →Sanoat korxonasining elektr ta’minoti
Korxona va variantni tanlang, plandan o‘lchagan sex maydonlari, koordinatalar va kabel uzunliklarini kiriting: barcha hisoblar bajariladi. Word, Excel va A1 chizmalar (PDF) yuklab olinadi.
Ochish →Elektromobil zaryadlash
Zaryad stansiyasi ilovasi: batareya foizi, masofa va narx real vaqtda o‘zgaradi, kabelni uzing, so‘m yoki dollarda to‘lang va chek chiqaring. 3 tilda.
Ochish →Shahar quruvchi
40 bosqichli o‘yin: stansiya, liniya va transformator bilan shaharni yoriting. 2-bo‘limda biogaz, shamol generatorlari, ikki tomonlama ta’minot va kasalxona uchun zaxira manba qo‘shiladi.
Ochish →Transformatorni yig‘ing
TM-630/10 transformatorini 13 qadamda o‘zingiz yig‘asiz: o‘zak, o‘ramlar, Δ/Y₀ ulash, bak, moy, konservator va 10 kV sinov. Har qadamda savol va tushuntirish. 3 tilda.
Ochish →Kuch transformatori hisobi
«Elektr mashinalari» kurs loyihasi: variantni tanlang — asosiy o‘lchamlar, PK va YuK chulg‘amlari, QT parametrlari, salt ishlash, issiqlik hisobi va bak bajariladi. Tushuntirish xatini o‘zbek yoki rus tilida Word faylda yuklab oling.
Ochish →Python Dars: amaliy mashg‘ulot nazorati
8 ta amaliy mashg‘ulot: variantlar avtomatik tarqatiladi, kod brauzerda Python’da ishlaydi. Ustoz 20+ talabaning kodini jonli kuzatadi, tuzatadi va qiyinroq masala yuboradi.
Ochish →2-HGI: murakkab o‘zgarmas tok zanjiri
«Nazariy elektrotexnika» moduli, 30 ta variant: Kirxgof qonunlari, kontur toklar, tugun potensiallari, ekvivalent generator va quvvat balansi — sxema va tok yo‘nalishlari bilan. Variantingizni kiriting va yechimni Word faylda yuklab oling.
Ochish →Ilovalar
Telefon uchun ilovalarim va o‘yinlarim: yuklab oling yoki brauzerda oching.
Rele Lug‘at
Releli himoyani o‘ynab o‘rganing: 214 atama, 24 sxema, 170 test savoli. Internetsiz ishlaydi.
Ochish →Uy taomlari
Uyda tayyorlangan taomlar bozori: xaridor, sotuvchi va kuryer ilovalari.
Ochish →Mushuk va Itlar
Ko‘chada uchragan mushuk va itlarni suratga oling, joylashuv avtomatik belgilanadi.
Ochish →Fizika
6–11-sinf va abituriyentlar uchun: darslik testlari, sertifikatga tayyorlov, laboratoriya o‘yinlari.
Ochish →ElektrUy
Xona rasmidan kabel trassasi, sxema, 3D ko‘rinish va materiallar ro‘yxati. Ovozli darslar.
Ochish →O‘yinlar
Milliy o‘zbek o‘yinlari to‘plami: arqon tortish, besh tosh, oshiq, chillak, kurash va boshqalar. Reyting bilan.
Ochish →Yo‘nalishlar
Elektr xavfsizligi va ishonchliligi
Rele himoyasi
Kelajakdagi loyihalar
Simsiz elektr energiya uzatish
Bu texnologiya asosan elektromagnit induksiya qonuniyatlariga asoslanadi. Energetika tili bilan aytganda, bu “havo orqali ishlaydigan transformator”ga o‘xshaydi.
- Iqtidorli talabalar
- Zamonaviy laboratoriya
- Aniq hisob-kitoblar
Vodorod generatori
Quyosh panellari kunduzi ortiqcha tok ishlab chiqarganda, uni akkumulyatorga emas, vodorod generatoriga yo‘naltirish mumkin. Hosil bo‘lgan vodorod tanklarda saqlanadi.
- Iqtidorli talabalar
- Zamonaviy laboratoriya
- Aniq hisob-kitoblar
Aqlli hisoblagich
Bu nafaqat iste’mol qilingan elektr energiyasini hisoblovchi, balki ma’lumotlarni masofadan turib real vaqt rejimida energiya ta’minoti korxonasiga uzatuvchi zamonaviy mikroprotsessorli qurilmadir.
- Iqtidorli talabalar
- Zamonaviy laboratoriya
- Aniq hisob-kitoblar
Bog‘lanish
Sizda yangi loyihalar bormi? Biz bilan bog‘laning.


