«Mushuk va Itlarni Top» ilovasi (Android va iPhone)

Maxfiylik siyosati

Kuchga kirgan sana: 2026-yil 4-oktabr

1. Kim javobgar

«Mushuk va Itlarni Top» ilovasi (keyingi o‘rinlarda «ilova») va energyvibe.uz/mushuk-it sahifasi Daler Qurbonaliyev tomonidan yuritiladi. Ushbu siyosat ilova qanday ma’lumotlarni yig‘ishi, ulardan nima uchun foydalanishi, kimlar ko‘rishi va ularni qanday o‘chirish mumkinligini tushuntiradi.

2. Qanday ma’lumotlar yig‘iladi

  • Google hisobi: Google orqali kirganingizda ism, email manzil, profil rasmi va Google identifikatori olinadi. Parolingiz bizga berilmaydi.
  • Profil: ism, telefon raqami, shahar va «o‘zim haqimda» matni. Ismdan boshqasi ixtiyoriy.
  • E’lonlar: siz olgan surat, hayvon turi (mushuk/it), sarlavha va izoh, suratga olingan joyning GPS koordinatalari va shu koordinatalardan aniqlangan manzil.
  • Faollik: laykalar, izohlar va ular asosida yaratiladigan bildirishnomalar.
  • Texnik ma’lumotlar: kirish vaqti va IP manzil server jurnallarida xavfsizlik uchun qisqa muddat saqlanadi.
  • Telefonda: kirish sessiyasi, til va mavzu sozlamalari ilova (yoki iPhone’dagi veb-versiyada brauzer) xotirasida saqlanadi; veb-versiya tez ochilishi uchun o‘z fayllarini keshlaydi.

Ilovada reklama, reklama identifikatorlari, kuzatuv yoki analitika vositalari yo‘q.

3. Telefon ruxsatlari

  • Kamera: faqat siz e’lon uchun surat olganingizda ishlatiladi.
  • Joylashuv: e’lon yaratishda suratga olingan joyni belgilash va lentadagi e’lonlargacha masofani ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Masofa telefoningizda hisoblanadi: joriy joylashuvingiz serverga yuborilmaydi va saqlanmaydi. Ilova fon rejimida joylashuvni kuzatmaydi.

Ruxsatlarni istalgan vaqtda telefon sozlamalaridan o‘chirib qo‘yishingiz mumkin; unda yangi e’lon joylab bo‘lmaydi, lekin boshqa e’lonlarni ko‘rish mumkin bo‘ladi.

4. Kim nimani ko‘radi

  • Boshqa foydalanuvchilar (ilovaga kirganlar) ko‘radi: ismingiz va profil rasmingiz, e’lonlaringiz (surat, sarlavha, izoh, manzil va aniq koordinatalar), izohlaringiz va laykalaringiz soni.
  • Hech kimga ko‘rinmaydi (faqat o‘zingiz va administrator): email, telefon raqami, shahar, Google identifikatori.
  • Administrator qoidabuzarlik (spam, haqoratli kontent) bo‘lsa, e’lon yoki izohni bloklashi yoki o‘chirishi va hisobni bloklashi mumkin.

E’lon suratlari ommaviy havola orqali saqlanadi: havolani bilgan kishi suratni ilovasiz ham ochishi mumkin. Shuning uchun suratda odamlar yuzi, avtomobil raqami yoki uyingiz aniq manzili kabi shaxsiy narsalar bo‘lmasligiga e’tibor bering.

5. Ma’lumotlardan foydalanish maqsadi

Ma’lumotlar faqat ilova ishlashi uchun ishlatiladi: hisobga kirish, e’lonlarni ko‘rsatish va xaritada joylashtirish, layk va izohlar haqida bildirishnoma yuborish, spam va qoidabuzarliklarga qarshi kurash. Ma’lumotlar sotilmaydi va reklama uchun uchinchi shaxslarga berilmaydi.

6. Uchinchi tomon xizmatlari

  • Supabase (ma’lumotlar bazasi, fayl saqlash va kirish tizimi), serverlar Irlandiyada (Yevropa Ittifoqi). Ma’lumotlar shifrlangan ulanish (HTTPS) orqali uzatiladi.
  • Google: hisobga kirish (Google Sign-In).
  • OpenStreetMap: xarita plitkalari, shuningdek suratga olingan joyning koordinatalaridan manzilni aniqlash (Nominatim). Bunda bu xizmatlarga IP manzilingiz va e’lon koordinatalari yuboriladi.

Har bir xizmatning o‘z maxfiylik siyosati bor.

7. Saqlash muddati va o‘chirish

  • E’lon, izoh va laykni ilovaning o‘zida istalgan vaqtda o‘chirishingiz mumkin; e’lon o‘chirilganda uning surati ham serverdan o‘chiriladi.
  • Profilingizdagi ma’lumotlarni «Profil → Tahrirlash» orqali o‘zgartirishingiz mumkin.
  • Hisobingizni va unga bog‘liq barcha ma’lumotlarni butunlay o‘chirish uchun quyidagi manzillardan biriga Google hisobingiz emailini ko‘rsatib yozing. So‘rov 30 kun ichida bajariladi.

Hisob faol bo‘lgan vaqt davomida ma’lumotlar saqlanadi.

8. Bolalar

Ilova 13 yoshdan kichik bolalarga mo‘ljallanmagan. Agar bola ma’lumotlari ota-onaning roziligisiz yuborilgani ma’lum bo‘lsa, ular o‘chiriladi.

9. O‘zgarishlar

Siyosat yangilansa, ushbu sahifadagi sana o‘zgaradi. Muhim o‘zgarishlar ilova yoki sahifa orqali e’lon qilinadi.

10. Aloqa

Savol yoki ma’lumotlarni o‘chirish so‘rovi uchun: dalerqurbonaliyev05@gmail.com yoki Telegram: @Qurbonaliyev_Daler.

← Ilova sahifasiga qaytish